Muhtarama ayollar, aziz opa-singillar! Sizlarni bahor faslining eng go'zal ayyomi, nafis bayrami bo'lmish 8-mart -"Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Ayol borki - olam munavvar. Siz ayollar nafosat va nazokatingiz, vafo va sadoqatingiz, go’zallik va fidoyiligingiz bilan yer yuzini nurafshon etib turasiz.
Barchamizga ma'lumki, yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila mustahkamligini ta'minlash davlat siyosati darajasidadir. Shu bois bugungi kunda har bir ayol e'tibor va ehtiromga loyiq.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ayollarning ilmiy va madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni munosib ish-o’rinlari bilan ta’minlash maqsadida ko’plab shart-sharoitlar va imkoniyatlar amalga oshirib kelinmoqda.
Mamlakatimiz ayollari davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda, ularni oiladagi mavqei mustahkamlanmoqda. Davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy yoʻnaltirilgan siyosat xotin-qizlarimizga chinakam baxtli yashashi uchun, ularning huquq hamda erkinliklarini taʼminlash, intellektual va maʼnaviy yuksalishi, kasbiy hamda oilaviy majburiyatlarni hamohang tarzda bajarishi uchun zarur imkoniyatlar yaratmoqda.
Siz ayollar oilalarimiz farishtasi, jamiyatimiz tayanchisiz. Shu fursatdan foydalanib, biz sizlarga ulkan minnatdorchilik bildiramiz. Biz sizlarni yaxshi ko'ramiz.
Aziz ayollar, sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni yana bir bor ezgulik va goʻzallik ayyomi 8-mart — “Xotin-qizlar kuni” bilan Andijon davlat universitetining katta jamoasi nomidan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz! Bayramingiz muborak bo’lsin!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI