Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HAMDA NOMDOR DAVLAT STIPENDIYA SOHIBLARI TAQDIRLANDI
2022-03-02    1162

Bugun, 2-mart kuni Andijon davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiya sohiblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. 

Ushbu taqdirlash marosimi universitetning katta majlislar zalida o’tkazildi hamda unda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Yusufbek Abdusoatov, universitet rektori, professor-o’qituvchilar, sovrindorlarning ota-onalari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Dastlab, universitet rektori Akromjon Yuldashev so’zga chiqib, o’zining samimiy so’zlari ila sovrindorlarni chin dildan qutladi hamda joriy yilning o’zidayoq Andijon davlat universitetidan 14 ta stipendiat sohiblari chiqqanligidan mamnun ekanligini izhor etdi.

 

Shundan so’ng, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Yusufbek Abdusoatov o’zining fikrlarini aytish barobarida davlat stipendiya sohiblarini ushbu sovrin va mukofotlar bilan qutladi.

Taqdirlash marosimi ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi hamda tomoshabinlarda o’zgacha havas va ishtiyoq uyg’otdi.               

Stipendiya sovrindorlari dastlab, universitetimiz rektori, so’ngra prorektorlar hamda fakultet dekanlari tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

 

Ushbu qutlov kechasida talabalar tomonidan kuy va qo’shiqlar ijro etildi va raqslar guldastasi bilan hammaning yuziga a’lo kayfiyat ulashildi. Shu bilan birgalikda tomoshabinlar uchun sahnaviy chiqishlar ham namoyish etildi.

 

Hammada hayajon, ayniqsa, sovrindorlar va ularning ustozlari hamda ota-onalarida. Taqdirlanish yaxshi, davlat stipendiyasiga sazovor bo’lish undan-da yaxshi.

 

O’ylaymizki, keyingi yillarda ham universitetimiz talabalari bundan-da yuksak marralarni, bundan-da oliy yutuqlarni egallaydi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.