Andijon Davlat
Universiteti
DIQQAT E'LON
2022-03-01    1887

HURMATLI TALABALAR, O‘Z IMKONIYATLARINGIZNI QO‘LDAN BOY BERMANG!

Matematika, amaliy matematika hamda mexanika va matematik modellashtirish ta’lim yo‘nalishining 3-kursida tahsil olayotgan bakalavriat hamda 2-kurs magistratura talabalari uchun akademik Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov nomidagi stipendiya tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlandi. Hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 10-mart kuniga qadar davom etadi.

 

Tanlovda ishtirok etuvchilar quyidagi mezonlarga asoslanishi so‘raladi:

  • A’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
  • Ilmiy maqola va tezislar mavjudligi;
  • Davlat tilini va 1 ta chet tilini (MDH tillaridan tashqari) yaxshi bilish.

 

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi talabalar quyidagi hujjatlarni, zaruriy ma’lumotlarni iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshiradilar:

  • Sinov daftarchasidan ko‘chirma (dekanat tasdiqlagan);
  • Dekan va kafedra mudiri tavsiyanomasi;
  • Ilmiy rahbarining fikr-mulohazasi;
  • Ilmiy ishlarining ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
  • Erishilgan qo‘shimcha yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
  • Ma’lumotnoma (obektivka);
  • Tarjimayi hol (rasmli);
  • Pasport nusxasi.

 

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar hujjatlar yig‘ma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 10-martga qadar iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi.

 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi (Ashurova Gulchexra)ga +998 94 436 09 94 murojaat qilishingiz mumkin.        

 

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.