Andijon Davlat
Universiteti
TADQIQOTCHINING DISSERTATSIYA MAVZUSINI RO'YXATDAN O'TKAZISH VA "OAK BYULLETENI" JURNALIDA E'LON QILISH
2018-02-17    15356

Oliy attestatsiya komissiyasining vaqtinchalik joylashgan manzili: 100128, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 107- uy (Toshkent davlat texnika universitetining Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi)

XABARNOMA

Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va mas’ul xodimlariga:

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi 937-son qarori 1-ilovadagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarni ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomini 3-bobida muvofiq «....dissertatsiyalar mavzularini chop etish uchun sarf-xarajatlarni … » to‘lash tartibi va miqdorlari belgilangan.

«OAK Byulleteni» jurnalida dissertatsiyalar mavzularini e’lon qilish uchun sarf-xarajatlarni to‘lash talabgor mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki dissertatsiya bajarilgan tashkilot va muassasalarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi

«OAK Byulleteni» jurnalida dissertatsiyalar mavzularini e’lon qilish uchun –eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida (01.12.2017 yilda 43 060 so‘m).

«OAK Byulleteni» jurnalida dissertatsiyalar mavzularini e’lon qilish uchun to‘lov o‘tkazish yo‘li bilan OAKning:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi INN-201122919 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi (VAK RUz) INN-200835600 X/r – 23 402 000 300 100 001 010 l/sch- 400 110 860 262 907 950 100 063 001 XKKM Markaziy bankining xisob-kitob kassa m-i Toshkent sh. Filiali MFO – 00 014, OKONX- 97300

byudjetdan tashqari g‘aznachilik hisob raqamiga belgilangan tartibda kirim qilinadi.

Masalan: Talabgor (ning) mehnat faoliyati amalga oshirayotgan yoki dissertatsiya bajarilgan tashkilot O‘zMU bo‘lsa ushbu oliy ta’lim muassasasi to‘lov o‘tkazish yo‘li bilan OAKning byudjetdan tashqari g‘aznachilik hisob raqamiga belgilangan tartibda kirim qilinadi.

«OAK Byulleteni» jurnalida dissertatsiyalar mavzularini e’lon qilish uchun O‘zMU talabgorlarning soni 25 ta tashkil qilsa unda 25 x 43 060 = 1 076 500 so‘m OAKning byudjetdan tashqari g‘aznachilik hisob raqamiga o‘tkaziladi va rasmiy xatning ilovasida mavzu chop etayotgan talabgorlarning F.I.SH. beriladi.

http://mavzu.oak.uz

Universitet ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.