
Barchamizga ma'lumki, 2021-yil 24-dekabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimini tub ijobiy oʻzgarishlarga olib keladigan oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish borasidagi 2 ta tarixiy qaror imzolandi. Bu bilan Oʻzbekiston oliy ta’lim tizimida yangi davr boshlab berildi.
Oliy ta'lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar vamoliya masalalariga mas’ullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24 yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etilishi koʻzda tutilgan edi.
Shu maqsadda, bugun, 13-yanvar kuni Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti dekani Rustamov Dilshodbek Abduvohidovich fakultet jamoasiga mazkur qaror mazmun-mohiyati hamda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi bo’yicha tashkil etish haqida batafsil tushunchalar berib oʻtdi.
Shuningdek, yangicha tartibda ishlash, milliy reytingni koʻtarish boʻyicha 2022-yilgi qator rejalar xususida ham kelishib olindi.
Bu kabi uchrashuvlar har bir fakultetda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI