Ertamiz egalari bo'lgan yoshlarimizning ta'lim-tarbiya olishlari uchun ularning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida yurtimizda qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Talabalar turar joylarining ortishi ham buning yaqqol dalilidir.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzurida bo'lib o'tgan yig'ilishning ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 6-yanvar kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev universitet va Andijon davlat universiteti qoshidagi akademik litseyning talabalar turar joylariga bordi.
Tez orada qishki ta'til yakunlanishini hisobga olgan holda u yerdagi sharoitlarni, isitish tizimini, har bir xona mas'ullar tomonidan muhrlanganligini ,oshxona va gigiyena xonalari foydalanishga yaroqliligini o'rganib chiqdi.
O'tkazilgan tekshiruv davomida bir qator kamchiliklarni ham ko'rib chiqib, mas'ul xodimlarga ularni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI