Andijon Davlat
Universiteti
"BIZ ZO‘RAVONLIKKA QARSHIMIZ" MAVZUSIDA TAYYORLANGAN VIDEO ROLIK G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI
2021-12-30    1859

25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘rovonlikka barham berish kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari o‘rtasida imzolangan hamkorlik ish rejasida belgilangan "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" kompaniyasi tadbirlari doirasida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" shiori ostida videoroliklar tanlovi e’lon qilingan bo‘lib, ekspertlarning yakuniy xulosalariga ko‘ra,

Fizika-matematika fakulteti fizika ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Raxmonqulova Nargiza Baxromjon qizi tayyorlagan videorolik 1-o‘ringa;

Tarix ta’lim yo‘nalishi (sirtqi) 4-bosqich talabasi Qaxxorova Nasibaxon Tolibjon qizi tayyorlagan videorolik 2-o‘ringa;

Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi (sirtqi) 2-bosqich talabasi Abduholiqov Xojimurodbek Mirzoxidjon o‘g‘li tayyorlagan videorolik 3-o‘ringa loyiq deb topildi

Tanlov g‘oliblari bugun, 30-dekabr kuni Andijon davlat universitet rektori A.S.Yuldashev tomonidan diplom hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.