Bugun, 29-dekabr kuni Andijon davlat universitetida universitet rektori, biologiya fanlari doktori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida 2021-yil yakunlari va 2022-yildagi istiqbolli rejalar mavzusida kengaytirilgan hay’at yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Ushbu yig’ilishda universitetimiz prorektorlari, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari hamda professor-o'qituvchilar ishtirok etdilar. Yig’ilishda ayrim fakultetlar zoom platformasi orqali qatnashdilar.
Universitet rektori A.S.Yuldashev tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrda “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta'minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-60-sonli hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-61-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati haqida alohida so'z bordi va masala tegishlicha yoritildi.
Yig’ilish so'nggida universitet rektori barchani kirib kelayotgan 2022-yil bilan samimiy qutlab, kelgusi ilmiy faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Ushbu yig’ilishda barcha ishtirokchilar o’zlari uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’ldi va kerakli xulosalar chiqarib, kelgusidagi istiqbolli rejalarini belgilab oldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI