Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA ERKIN VOHIDOV TAVALLUDINING 85 YILLIGIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR O’TKAZILDI
2021-12-27    885

El-yurtini sevgan, uning taraqqiyoti va farovonligi uchun sidqidildan xizmat qilgan farzandlarni tarix ham siylaydi. Xalqimizning tinch, to‘kin va barqaror hayoti, yorug‘ kelajagi yo‘lida kurashgan insonlar nomi haqli ravishda abadiyatga daxldordir.

Bugun, 27-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida xalqimizning ardoqli va sevimli shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, Erkin Vohidov tavalludining 85 yillik tavalludiga bag’ishlangan tadbir va Professor M.Umarxo'djayevning “Ikki buyuk zamondoshim” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuvda Erkin Vohidovning do'stlari, shogirdlari va xalqimiz ardog’idagi shoirlar, universitetimiz professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab, so’zga chiqqan chet tillari fakulteti dekani Dilshodbek Rustamov shoir haqida iliq so'zlar aytib o’tdi. So’ng universitetimizning filologiya fanlari doktori, shoir Xalim Karim Erkin Vohidovning ijod yo’li, uning adabiy merosi bilan talaba-yoshlarni tanishtirdi. Yana bir necha professor-ustozlar va shoirlar so’z olib Farg’onaning benazir farzandi, vatanparvar shoir, ustoz haqida o’zlarining ijobiy fikrlarini bildirishdi.

Ko’tarinkilik ruhida o’tgan uchrashuv yakunida chet tillari fakultetining iste’dodli talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga M.Umarxo'djayevning “Ikki buyuk zamondoshim” kitobi sovg'a tariqasida ulashildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.