Andijon Davlat
Universiteti
“YIL TALABASI-2021” RESPUBLIKA TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI O'TKAZILDI
2021-12-24    1038

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi bu yil ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Bugun, 24-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Akramjon Yuldashev ishtirokida “Yil talabasi-2021” ko‘rik-tanlovi universitet bosqichining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Dastlab, universiteti rektori A.Yuldashev so’zga chiqib, talabalarning ilg’orligi, har qanday sohada yetuk kadr bo’lib yetishayotganligi haqida gapirdi. Ularni voyaga yetkizgan ota-onasi va ularning bu kabi yutuqlariga sababchi bo’layotgan ustoz va murabbiylariga tashakkur bildirdi hamda talaba-yoshlarning bundan keyingi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

"Yil talabasi-2021" Respublika tanlovining universitet bosqichida faol ishtirok etgan talabalar 7 naminatsiya bo'yicha 77 nafar talabalar universitet rektori A.Yuldashev tomonidan diplom va estalik sovg'alari bilan munosib tarzda rag’batlantirildi.

Ushbu ko’rik-tanlovda qatnashish istagini bildirayotgan talabalarning soni yildan-yilga ortib borayotgani, albatta, quvonarli hol.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.