Andijon Davlat
Universiteti
TALABALAR MUROJAATI REKTOR TOMONIDAN O'RGANILDI
2021-12-22    750

Xabaringiz bor, 17-22-dekabr kunlari universitet rektori har bir fakultet talabalari bilan alohida-alohida uchrashuv o‘tkazdi va ularning murojaat hamda takliflarini eshitdi.

Ushbu uchrashuvda talabalar murojaatiga ko’ra ularning o'qish sharoitini o'rganish maqsadida bugun, 22-dekabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev va o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.Mullajonov, Moliya va iqtisod ishlari bo`yicha prorektor S.Dumayevlar bilan birgalikda fizika-matematika hamda jismoniy madaniyat fakultetlariga bordi.

Dastlab universitet rektori A.S.Yuldashev fizika-matematika fakultetiga borib yoshlarimizning bilim olishlariga to’siq bo’layotgan omillar, xona jihozlarining yetishmasligi kabi kamchiliklarni o’rganib chiqib, ular yuzasidan mas’ul xodimlarga kerakli topshiriqlar berdi. Bu holatlar tezda bartaraf qilinish kerakligini aytib o'tdi.

 

Shundan so’ng universitetning jismoniy madaniyat fakultetiga bordi va u yerda qarovsiz holatda turgan suzish majmuasini qayta rekonstruksiya qilish bo’yicha bir qator takliflar aytdi. Qayta ta’mirdan chiqqan sport zalini ham ko’rib chiqib, bino ichida joylashgan yuvinish, gigiyena xonalarini ham ko'zdan kechirib o'tdi, talabga javob bermaydigan holatlar yuzasidan xodimlarga qayta ta'mirlash ishlarini olib borish bo'yicha topshiriqlar berdi.

 

Талабалар мурожаати ректор томонидан ўрганилди

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.