
Universiteti
Kuni kecha Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida universitet rektori Akramjon Yuldashev huzurida kengash a’zolari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Ushbu kengashning asosiy masalalaridan o’rin olgan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 2019- yil 7-iyundagi ‘’Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’’ gi 467-sonli qarori ko’rib o’tildi.
Yig’ilish davomida universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev 2020-yil OTM lar milliy reytingida 62 ta OTM orasida Andijon davlat universiteti 43-o’rinni (37,55) egallab, 2019-yilgi reyting natijalariga ko’ra 4 pog’ona yuqoriga ko’tarilgani haqida gapirib o’tdi.
Andijon davlat universitetining 2020-yil reyting natijalarga ko’ra eng yuqori ko‘rsatgich bilan 1-o’rinni ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti, 2-o’rinni maktabgacha ta’lim fakulteti egallagan bo‘lsa, 3-o’rinni fizika-matematika fakulteti egalladi.
Kafedralar kesimida esa yuqori ko‘rsatgich bilan 1-o’rinni fizika kafedrasi 2-o’rinni milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va xuquq ta'limi kafedrasi, 3-o’rinni O’zbekiston tarixi kafedrasi, 4-o’rinni maktabgacha ta'lim kafedrasi, 5-o’rin esa umumiy psixologiya kafedrasiga nasib qildi.
Yuqori natija ko‘rsatgan fakultet va kafedralar universitet rektori A.Yuldashev tomonidan pul va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI