Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI O’TKAZILDI
2021-12-22    684

Bugun, 22- dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Akramjon Yuldashev hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektor Rustamjon Mullajonov bilan birgalikda tabiiy fanlar fakulteti bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuvda 225 ga yaqin bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuv boshida Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev bitiruvchi yoshlarga uchrashuvning asosiy maqsadi, uchrashuvdan ko’zlanayotgan natijalar haqida tushunchalar berib o’tdi.

 

Universitetimiz rektori bitiruvchi talaba-yoshlarni ishga joylashtirish, kelgusida ularni o’z mutaxassisligi bo’yicha yetuk kadr bo’lib yetishishligiga alohida e’tibor qaratish kerakligi haqida gapirdi hamda hozirda rasman mutaxassisligi bo’yicha faoliyat olib borayotganlar haqida qiziqdi.

 

Suhbat davomida bitiruvchi talabalar magistratura sohasiga o’qishga qabul qilish bo’yicha qabul kvotalari haqida ma’lumotga ega bo’ldilar. 

 

Suhbat davomida bitiruvchi talabalar tomonidan berilgan qo’shimcha savollarga universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev yetarlicha javob berdi.

 

 

 

 

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.