Bugun, 22-dekabr kuni Andijon davlat universitetiga Davlat test markazi boshlig'i Majid Karimov tashrif buyurdi. Tashrif buyurgan mehmonlarni universitet rektori AkramjonYuldashev kutib oldi.
Dastlab, Majid Karimov Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitetimiz qoshidagi 2-akademik litsey bitiruvchilari o'rtasida ochiq muloqot tarzida davra suhbati o'tkazdi.
Uchrashuvda Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev, 2-akademik litseyi direktori Ulug'bek Valiyev va viloyat davlat test markazidan ma'sul xodimlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida 2022-yilda abituriyentlarga ajratilgan kvotalar, berilgan imtiyozlar ko'paytirilgani va ularning oliy ta'lim muassasalariga kirishlari uchun shart-sharoitlar yetarlicha yaratilganini ta'kidlab o'tdi. Hamda Milliy setifikatlar ham xalqaro miqyosida tan olinishi ustidan ishlar ketayotganligi ma'lum qilindi.
Uchrashuv so'nggida abituriyentlar o'zlari uchun muhim bo'lgan savollarga davlat test markazining mas'ul xodimlari tomonidan kerakli javoblar olishdi.
Ochiq muloqotda yoshlar kelajakdagi maqsadlariga erishish yo'lida hech qachon to'xtamaslik kerakligi, kelajak yoshlar qo'lida ekanligini qayta-qayta takrorlab o'tildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI