Andijon Davlat
Universiteti
BAYROG'IM - FAXRIM
2021-11-18    547

Joriy yilning 17-noyabr kuni Andijon davlat universitetida 17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni hamda 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda universitet rektori A.S.Yuldashev, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi rahbari Murodjon G‘ofurov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Andijon viloyati kengashi raisi, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Dastlab, universitet rektori Akramjon Yuldashev so‘zga chiqib, barcha talabalarni xalqaro talabalar kuni va O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i kabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tabrikladi.

Andijon davlat universitetida ta’lim oluvchi talabalar o‘rtasida 17-noyabr xalqaro talabalar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan volleybol va futbol bo‘yicha sport musobaqalari, “Munozara” hamda “Zakovat” intellektual o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlar universitet rektori hamda universitet xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

Shundan so‘ng, tadbirning asosiy qismi boshlandi. Tarix fakulteti tomonidan tayyorlangan talabalar hayotini aks ettiruvchi va Vatan bayrog‘ini ulug‘lovchi sahna chiqishlari yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi.

 

Xarbiylarning mardona chiqishlari esa barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi. Talabalar tomonidan Vatan bayrog‘ini sharaflovchi she’rlar, yosh va iste’dodli sanatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinkilik ulashdi.

 

Kunning ikkinchi qismida davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan universitet rektori boshchiligida “Taxtako‘prik” MFY binosi xududiga davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Davlat madhiyasi xorligida bayroq ko‘tarildi. San’atshunoslik fakulteti talabalari tomonidan bayrog‘imiz aks ettirilgan rasmlar chizildi.

Tashrifning navbatdagi manzili “Bilimdonlar akademiyasi” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘ldi. Jajji bolajonlar tomonidan ijro etilgan raqslar, vatan barog‘i haqida she’rlar mehmonlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

 

Andijon shahrida joylashgan 39-umumta’lim maktabida filologiya fakulteti talabalari tomonidan tashkil etilgan bayramona chiqishlar maktab o‘quvchilariga a’lo kayfiyat ulashish bilan bir qatorida kutilmagan sovg‘alarga ham boy bo‘ldi. O‘tkazilgan viktorinalarda o‘z topqirligini ko‘rsatgan o‘quvchilar universitet rektori tomonidan taqdirlandi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.