Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan va bugungi kunda qo‘shma ta’lim (2+2) dasturi asosida Texnologik ta’lim hamda Turizm yo’nalishlari bo’yicha talabalar o‘qitilmoqda.
Bugun, 13-noyabr kuni ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Polotsk davlat universiteti rektori Romanov Oleg Aleksandrovich va Polotsk davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Golubov Yuriy Petrovichlar Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
Mehmonlarni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev kutib oldi. Dastlab mehmonlar anʼanaga muvofiq talabalar tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalar bilan tanishdilar.
Shundan soʻng, ikki tomon vakillari hamkorlikni yanada rivojlantirish, magistratura yoʻnalishlarida ham qoʻshma taʼlim (1+1) dasturlarini ochish, pedagog kadrlar malakasini oshirish maqsadida oʻqituvchilar almashish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib oldilar. Samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan muzokaralardan soʻng, qoʻshma taʼlim dasturi asosida oʻqiyotgan talabalar bilan suhbatlashildi. Suhbat davomida Polotsk davlat universiteti rektori Oleg Aleksandrovich talabalarga universitetda yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumot berib, talabalarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.
Mehmonlarning keyingi manzili Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti boʻldi. U yerda Texnologik taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ustaxonalar bilan tanishib, talabalar bilan samimiy muloqot oʻtkazdi.
Shuningdek, mehmonlar Andijon davlat universitetida tashkil etilgan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”da boʻlib, muzey eksponatlarini tomosha qildilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI