Bugun, 6-sentyabr kuni Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Andijon davlat universiteti va uning Pedagogika institutida ham yangi o‘quv yilining boshlanishi hamda Andijon davlat universiteti Pedagogika institutining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi, senator Shuhratbek Abdurahmonov, Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori B.M.Rasulov, professor-o‘qituvchilar, 1-kursga qabul qilingan, magistr va talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Dastavval, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi hamda 2021/2022 o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, Andijon davlat universiteti Pedagogika institutining ramziy kalitini institut direktori B.M.Rasulovga topshirdi. Shundan so‘ng, institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish bilan bir qatorida 1-kursga qabul qilingan magistr va talabalar bilan dildan suhbatlashdi.
Shuningdek, viloyat hokimi “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida mustaqillik darsida ishtirok etdi. Viloyat hokimi, senator Sh. Abdurahmonov bilan ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda talaba va magistrlar o‘z fikrlarini mustaqil ifoda etib, yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Muloqot davomida ijodkor talabalar o‘zlarining qalamiga mansub she’riy namunalardan o‘qib, kitoblarini viloyat hokimiga estalik uchun sovg‘a qildilar.
Marosim so‘nggida viloyat hokimi “Nihol” ansambli va Yoshlar simfonik orkestrlari faoliyati bilan tanishib, imtiyoz asosida qabul qilingan magistrlar bilan birga institut hududiga ko‘chat ekdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI