Andijon davlat universiteti dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlari oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Xalqaro aloqalar doirasida vakillarimiz doktorantura va tayanch doktoranturalarda, magistraturalarda o’qib, izlanish olib borish imkoniyatiga ega bo’layotir.
Ana shunday aloqalarni kengaytirish, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ 2909-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida muassasamizga Rossiyaning Sankt-Peterburg universiteti vakillari tashrif buyurdilar.
Mehmonlar iliq kutib olindi. Kichik majlislar zalida oliy o’quv yurtlari o’rtasidagi aloqani yo’lga qo’yish borasida muloqot bo’lib o’tmoqda. Unda universitet ma’muriyati bilan birga professor-o’qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tashrif mobaynida, - deydi universitetning ilmiy ishlar bo’yicha prorektori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov, – ikki oliy o’quv yurtlari o’rtasida hamkorlik shartnomalarini imzolash kutilmoqda.
Buning samarasi o’laroq endilikda muassasalar o’rtasida almashuv dasturlari yo’lga qo’yiladi. O’quv va boshqa sohalar bo’yicha hamkorlik kengayadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI