Xitoyda 23 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bahsida O‘zbekiston va Vetnam yoshlar terma jamoalari o‘zaro bahslashdi.
Birinchi bo‘limning 8-daqiqasida Dostonbek Hamdamov burchakdan to‘pni Rustamjon Ashurmatovga uzatdi va himoyachimiz ushbu vaziyatdan unumli foydalanib, to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Hisob – 1:0. 41-daqiqada darvozamiz tomon qo‘yilgan jarima to‘pini Vetnamlik Nguen Quang Xai muvaffaqiyatli amalga oshirdi va hisobni 1:1 ko‘rinishiga olib keldi.
"Qor jangi"ning ikkinchi bo‘limini futbolchilarimiz ko‘k libosda boshladi. Ushbu taymda har ikkala jamoa vakillari qator hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, ammo hisob ochilmadi. Shu tariqa asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi.
Qo‘shimcha vaqtning ikkinchi bo‘limi, 119-daqiqasida burchakdan oshirilgan to‘pni Andrey Sidorov darvoza tomon boshi bilan yo‘lladi va terma jamoamizning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempioniga aylandi.
Manbaa: http://uza.uz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI