Andijon Davlat
Universiteti
BIRINCHI PREZIDENTNI XOTIRLAB
2018-01-26    4443

Mustaqilligimizning me'mori, xalqimiz otasi garchi yonimizda yo'q bo'lsalarda ularning yorqin xotiralari  mangu yodimizda yashaydi.

Mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Karimovning tinchlik yo'lida ko'rsatgan jasorati, xalqimiz va ayniqsa biz yoshlar uchun yaratib bergan imkoniyatlari manguga muxrlandi.

Marxum prezidentimiz sportga o'zgacha mehr bilan qarar edilar va bot-bot "Xech bir soha mamlakatni sportchalik dunyoga tanita olmaydi" der edilar.

Agar u kishi  hayot  bo'lganda edi,  80 yoshni qarshilagan bo'lar edi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Pedagogika  fakulteti yetakchisi Ilhomjon Boltaboyev tashabbusi bilan fakultetning  o'qituvchi va talabalari o'rtasida sportning mini futbol va stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. O'yinning qizig'i shundaki, unda o'qituvchilar talabalarga qarshi bellashdilar.

Boshlang’ich ta’lim kafedrasi talabalari mini futbolning final o‘yinida domlalar tarkibidan tashkil topgan jamoani 10:8 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Stol tennisida esa Pedagogika kafedrasi assistenti D.Umnov g‘olib deb topildi.

Qizg'in musobaqa shuning bilan o'z nihoyasiga yetdi, faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan birinchi prezidentimizning asarlari taqdim etildi.

Dilorom ISMANOVA
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.