Andijon Davlat
Universiteti
TALABALAR QO‘SHMA KORXONADA
2018-01-26    5570

Andijon davlat universitetining Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi yo‘nalishi 3 bosqich talabalari “Mehnat iqtisodiyoti” fanidan amaliyotga chiqdilar.

Andijon shahridagi “UZ DONG YANG CO” qo‘shma korxonasidagi 1 kunlik o‘quv-tanishuv sayohati mobaynida talabalar bu yerda yo‘lga qo‘yilgan ishlash chiqarish tizimi, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bu kabi o‘quv-tanishuv sayohatlaridan ko‘zlangan maqsad, - deydi ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani O‘.Ubaydullaev, - talabalarning olayotgan nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan bog‘lash hamda ularning ko‘nikmasini oshirishdir.

O‘quv mashg‘ulotlarida berilayotgan bilimlarni mustahkamlash, ishlab chiqarish va fanning o‘zaro integratsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida uyushtirilgan ushbu safar talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Elmurod ABDULLAEV
Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi xodimi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.