asu_logotype
Andijon Davlat
Universiteti
O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI SIROJIDDIN SAYYID BILAN IJODIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2021-06-18    661

Bugun, 18-iyun kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Yosh ijodkorlar, adabiyotshunos olimlar, yozuvchilar uyushmasining a’zolari, professor-o‘qituvchilar, she’riyatga ixlosmand talabalar, shoirlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etgan ushbu ushrashuv tom ma’noda adabiyot bayramiga aylanib ketdi.

Uchrashuvda so‘z olganlar Sirojiddin Sayyid ijodiyoti, uni o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni va yosh avlodni vatanparvar etib tarbiyalashda Sirojiddin Sayyid asarlarining ahamiyati haqida to‘xtalib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ijodkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va sohadagi islohotlar haqida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, viloyatimizdagi yosh shoirlar o‘z qalamiga mansub she‘rlaridan o‘qib, she’riyatga oshifta qalblar olqishiga sazovor bo‘ldilar. Shoir ijodiyotini o‘rganayotgan 4-bosqich talabasi Kamola Odiljonova Sirojiddin Sayyid sheʼriyatida mumtoz adabiyot an’analari haqida so‘zlab, shoir ijodidan na’munalar o‘qib berdi.

Tadbir yakunida yozuvchilar uyushmasining yangi a’zolariga a’zolik guvohnomalari va kitoblar jamlanmasi tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu uchrashuvda faol ishtirok etgan talabalarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan turli kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Shoirlar bilan bo‘ladigan bu kabi uchrashuvlar yoshlarda adabiyotga, sheʼriyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2022. Barcha huquqlar himoyalangan.