Andijon Davlat
Universiteti
O‘ZBEKISTON – ROSSIYA OLIY TA’LIM MUASSASALARI REKTORLARINING UCHINCHI MINTAQALARARO KONFERENSIYASI
2021-05-29    2408

Joriy yilning 26-28 may kuni qadimdan ilm-u irfon maskani bo‘lgan Buxoro shahrida «O‘zbekiston – Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchinchi mintaqalararo konferensiyasi» o‘tkazildi. Unda ikki davlat Prezidentlari administratsiyalari, Hukumat rahbarlari, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va Rossiya Federasiyasini Ta’lim va fan vaziri hamda Rossiyaning 20 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.

Bunday hududlararo konferensiyaning maqsadi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida zamonaviy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Uchrashuvda oliy ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda dolzarb vazifa va masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan ta’lim, ilm-fan va madaniyat bo‘yicha fikr almashildi. Kunning ikkinchi yarmida konferensiya sho‘ba yig‘ilishlarida o‘z ishini davom ettirdi. Unga ko‘ra dasturda belgilangan quyidagi keng qamrovli mavzular qizg‘in muhokama qilindi. 

Bundan tashqari konferensiya yakunida o‘tkazilishi rejalashtirilgan keyingi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi kun tartibi bo‘yicha takliflar (Moskva, 2021 yil kuz oyi) muhokama qilindi. Konferensiya davomida ikki davlat rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qildilar. Shuningdek, Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida malakali mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash maqsadida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 15 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

O‘zbekistonda Rossiyaning mavjud 12 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini yanada kengaytirish va ko‘paytirish, birgalikda ilmiy va innovatsion forum hamda qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish borasida maqsadli rejalar belgilab olindi. Konferensiya yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim tizimidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha yakuniy rezolyutsiya qabul qilindi.

Ushbu konferensiyada Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev ham ishtirok etib, Andijon davlat universitetida xalqaro hamkorlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida nutq so‘zladi. Jumladan, o’tgan davr mobaynida Andijon davlat universiteti Rossiya Federatsiyasining bir qator ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlari bilan faol hamkorlik qilayotgani, Bugungi kunda “2+2” qo’shma dasturi doirasida Mordoviya, Tomsk kabi qator Rossiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ko‘plab loyihalar amalga oshirilayotganligini  ta’kidladi. 

O‘zbekiston – Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchinchi mintaqalararo konferensiyasi doirasida Andijon davlat universiteti Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzoladi. Bunga ko‘ra, kelgusida qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha  “Yo‘l xarita” ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Unga muvofiq 2021-2022 o‘quv yilidan bakalavriat bosqichida 3+1 ko‘rinishida “Fizika” va “Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi.Andijon davlat universitetining ushbu anjumanda ishtiroki samarali kechdi. Rossiya Federatsiyasining bir qator nufuzli universitetlari bilan kelgusida xalqaro dasturlar va o‘quv-ilmiy sohalar bo‘yicha hamkorlikni rijolantirish yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.