Andijon Davlat
Universiteti
BESH MUHIM TASHABBUS AMALDA
2021-05-29    2428

Andijon davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar turar joyida turuvchi talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni madaniy hordiq olishlari uchun joriy yilning 28-may kuni 6-son talabalar turar joyida universitetning “Universal” QVZ terma jamoasining navbatdagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ochilish qismida pedagogika fakulteti dekani To‘rayev Muhammadjon Sodiqovich, san’atshunoslik fakulteti dekani Shakirova Charosxon Tursunovna hamda universitetimiz yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Omadbek Olimjonovlar so‘zga chiqdi. Ular o‘z so‘zlarida so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va besh tashabbus bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, tadbir “Universal” jamoasining talabalar hayotini aks ettiruvchi hazil va mutoyibaga boy chiqishlari va san’atshunoslik fakultetining yosh istedodli talaba yoshlarining kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.