Andijon Davlat
Universiteti
YUNESKO "HAMDAN" MUKOFOTIGA TANLOV E’LON QILDI
2021-05-29    3340

2021-2022 yillar uchun o‘qituvchilik salohiyati  va  samaradorligini oshirish sohasidagi YUNESKO/Hamdan  mukofotiga  tanlov e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz.

Ushbu mukofot tanlovida o‘qituvchilik salohiyati va  samaradorligini oshirish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan, talim sifatini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan muassasa, tashkilot va o‘quv yoki ilmiy-tadqiqot institutlari nomzod sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlariga ko‘ra, YUNESKO/Hamdan mukofoti (jami 3000000 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘) 5 ta nomzodga taqdim etiladi va mukofot mablag‘i tanlovda g‘olib chiqqan nomzodlar o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar https://cutt.ly/vbMGBcE veb-sahifasida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng arizalarni nomzodlar tomonidan ingliz yoki fransuz tilida onlayn tarzda to‘ldirishga ruxsat beriladi.

Onlayn ariza topshirish muddati: 2021-yil 31-oktabr.

Tanlov bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha malumot  uchun teacherprize@unesco.org  elektron manziliga murojaat qilish mumkin.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.