Andijon Davlat
Universiteti
O'SH DAVLAT UNIVERSITETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETIDA
2021-05-28    2435

So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, shu orqali yurtimizdagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlarining xorijiy universitetlar, ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy va akademik tajribasini orttirishi uchun imkoniyat yaratish ishlariga katta ahamiyat qaratib kelinmoqda. Shu maqsadda Andijon davlat universiteti hamda O'sh davlat universiteti bilan ilmiy va madaniy aloqalar har tomonlama rivojlanmoqda. Ushbu ishlar mahsuli sifatida 2021-yil 27-may kuni O'sh davlat universiteti Sharqshunoslik va tarix fakultetining Sharqshunoslik kafedrasining 4 nafardan (Bo‘to‘noyev Jo‘ldoshbek So‘vetbekovich kafedra mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent, Nosirov Sherzodbek Ismatullaevich, katta o‘qituvchi, Matnazarov Sultanbek Abdikarimovich, o‘qituvchi, Shaimqulov Asqar Jumabekovich, o‘qituvchi) iborat bo‘lgan delegatsiyasi Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdilar.


Delegatsiya vakillari bilan dastlabki uchrashuv Andijon davlat universitetida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida tashkil etildi. Mehmonlar muzey bilan yaqindan tanishib, u yerdagi noyob arxiv hujjatlari va monografiyalarni ko‘zdan kechirib, muzey faoliyatiga yuqori baho berdilar.
O'sh davlat universiteti vakillari bilan rasmiy uchrashuvda Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti va O'sh davlat universiteti Sharqshunoslik va tarix fakultetlari o‘rtasida fakultetlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida quyidagi kelishuvlarga erishildi.


1. Delegatsiya a’zolari Sharqshunoslik va tarix fakulteti Sharqshunoslik kafedrasining katta o‘qituvchisi Nosirov Sherzodbek Ismatullayevichga Andijon davlat universitet O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori Rustambek Temirovich Shamsiddinov ilmiy rahbarlik qilish taklifini berdilar. Taklifni professor R.T.Shamsiddinov qabul qilib, tadqiqotchiga ilmiy –tadqiqot mavzusi shu kunni o‘zida “Qirg‘iziston tarixi xorijiy manbalarda” mavzusi belgilanib, kerakli maslahatlarni berdi.
2. Mehmonlar tomonidan O'sh davlat universitetining talaba va magistrlariga Tarix fanlari doktori, professor R.T.Shamsiddinovning onlayn leksiyalar o‘tkazish bo‘yicha bildirgan taklifi ma’qullanib, leksiya o‘tkazish kunlari kelishib olindi.
3. ADU Tarix fakulteti dekani R.Shamsiddinov fakultetning 2-bosqich talabalarining yozgi amaliyot mashg‘ulotlarini Qirg‘iziston Respublikasi O'sh va O‘zgan shaharlaridagi tarixiy maskanlariga ekspeditsiyalar uyushtirish bo‘yicha bergan taklifi mehmonlar tomonidan maqullandi. Amaliyot shu yilning iyun oyida amalga oshirilishi belgilandi.
4. “Vodiynoma” jurnaliga O'sh davlat universiteti o‘qituvchilarining yillik obuna bo‘lishi istagi borligi ma’lum qilindi. Jurnalning 2021-yildagi 1-soni sovg‘a sifatida taqdim etildi.


Uchrashuv yakunlariga ko‘ra ikkala oliy ta’lim muassasi o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy ma’lumotlar almashish, qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirish, talabalar, magistrlar, fan doktorlarining o‘zaro almashinuvini tashkil etish, birgalikda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruzalar, ilmiy maqolalar, uslubiy tavsiyalar tayyorlash, madaniy tadbirlarni tashkil etish kabi bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Irgashbek Djumabayev
Universitet matbuot kotibi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.