Andijon Davlat
Universiteti
“KAMOLIDDIN BEHZOD” NOMIDAGI DAVLAT STIPENDIYASIGA NOMZODLARNING HUJJATLARINI QABUL QILISH BOSHLANDI
2021-05-24    4017

Hurmatli talabalar! O‘z imkoniyatlaringizni qo‘ldan boy bermang!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 691-son qaroriga asosan “Kamoliddin Behzod” nomidagi davlat stipendiyasi tanlovi joriy qilinib, tanlovda bakalavr yo‘nalishining oxirgi ikki kursida (2-3 kursni tamomlayotgan) ta’lim olayotgan talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha:

  • dastgohli rangtasvir
  • rangtasvir (turlari bo‘yicha)
  • grafika va miniatyura
  • haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha)
  • amaliy san’at (turlari bo‘yicha)
  • dizayn (turlari bo‘yicha)
  • san’atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) ishtirok etishlari mumkin.

 Davlat stipendiyasini tayinlash quyidagi talablar bo‘yicha baholash mezonlariga asoslanadi:

a) dastgohli rangtasvir, rangtasvir (turlari bo‘yicha), grafika va miniatyura, haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha), amaliy san’at (turlari bo‘yicha), dizayn (turlari bo‘yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha:

oliy ta’lim muassasasidagi tahsil davrida viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etganligi;

soha bo‘yicha xalqaro va respublika darajasidagi ko‘rgazma, biennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi;

o‘quv jarayonida mutaxassislik fanlarini a’lo baholarga o‘zlashtirganligi;

o‘zbek milliy san’atini targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi.

b) san’atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha:

oliy ta’lim muassasasidagi tahsil davrida respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallarda yakka mualliflikda maqolalar chop etganligi;

soha bo‘yicha xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi;

o‘quv jarayonida mutaxassislik fanlarini a’lo baholarga o‘zlashtirganligi;

o‘zbek milliy san’atini targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi.

 Davlat stipendiyasiga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun universitet ilmiy kengashiga quyidagilarni taqdim qiladi:

a) dastgohli rangtasvir, rangtasvir (turlari bo‘yicha), grafika va miniatyura, haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha), amaliy san’at (turlari bo‘yicha), dizayn (turlari bo‘yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha:

viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar, diplom nusxalari, shaxsiy ko‘rgazma haqidagi fotosuratlar;

soha bo‘yicha xalqaro va respublika darajasidagi ko‘rgazma, biennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtirokini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar, sertifikatlar nusxalari va erishgan natijalarini ko‘rsatuvchi diplomlar nusxalari, tadbirlar fotolari;

turli festivallar, simpoziumlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirokini tasdiqlovchi diplomlar, sertifikatlar nusxalari, ma’lumotnomalar, tadbirlar fotolari;

reyting daftarchasidan yoki talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimidan yuklab olingan ko‘chirma;

dekanat, kafedraning tavsiyanomasi;

ijodiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;

soha bo‘yicha kamida ikki nafar yetuk mutaxassisning fikrnomasi;

o‘qish davrida erishgan boshqa yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi;

b) san’atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha:

respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar nusxalari;

xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va erishgan natijalarini tasdiqlovchi diplom, sertifikatlar nusxalari, ilmiy maqolalari nusxalari;

turli festivallar, simpoziumlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirokini tasdiqlovchi diplomlar, sertifikatlar nusxalari, ma’lumotnomalar, tadbirlar fotolari;

reyting daftarchasidan yoki talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimidan yuklab olingan ko‘chirma;

dekanat, kafedraning tavsiyanomasi;

ilmiy ishlar ro‘yxati;

soha bo‘yicha kamida ikki nafar yetuk mutaxassisning fikrnomasi;

ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari, sohaga doir ko‘rsatuvlardagi ishtirokini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar, ko‘rsatuvlar nusxalari, ilmiy va ommabop jurnallar, gazetalarda chop etilgan ilmiy-ommabop, publitsistik maqolalari nusxalari;

o‘qish davrida erishgan boshqa yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Barcha hujjatlar yig‘majildga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada talabgor tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi ko‘rsatiladi.

 Tanlovda ishtirok etishni hohlovchi talaba qo‘shimcha ma’lumotlarni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi hamda San’atshunoslik fakulteti dekanatidan olishlari mumkin.

 Tanlovda ishtirok etishni hohlovchi nomzodlar hujjatlar yig‘ma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 1 iyuniga qadar iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi.

 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.