Andijon Davlat
Universiteti
IJTIMOIY FALSAFA IXTISOSLIGI BO‘YIChA ILMIY KENGASh ILMIY SEMINARI YIG‘ILIShI XAQIDA E’LON
2021-03-26    1818

 

Andijon davlat universiteti huzuridagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi “On Line” tarzda “Zoom” dasturi orqali 2021 yil 31 mart kuni soat 10 00 da bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibi quyidagi masalalardan iborat:

1.Talabgor Axmadiev Nuriddin Muxutdinovichning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan “Ijtimoiy rivojlanish va yoshlar axloqiy madaniyatining shakllanishida keksa avlodning roli” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya muhokamasi;

2.Talabgor Mirzaraximov Baxtiyor Xoshimovichning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan “O‘zbekistonda turizm madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy falsafiy omillari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya muhokamasi;

3. Turli masalalar.

Ilmiy seminarning “online” tarzdagi majlisiga barcha seminar a’zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi. Andijon viloyatida ish faoliyatini olib boruvchi Ilmiy seminar a’zolari qarantin tartiblariga rioya qilgan holda o‘z xoxishlariga ko‘ra mazkur majlis o‘tkazilayotgan auditoriyadan turib ishtirok etishlari mumkin!

Manzil: Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti binosi 3-qavat 301-xona.

 

 

p.f.f.d (PhD) D.Samatov
Ilmiy Kengash ilmiy seminar kotibi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.