Bugun, 25-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida talaba yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish, ularni turli yod g’oyalarga qarshi immunitetini shakllantirish maqsadida “Jinoyatchilikni oldini olishda yoshlarning roli” mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Ushbu targ’ibot tadbirida Andijon “Sayyid Muhyiddin Mahmud” o’rta maxsus bilim yurti o’qituvchisi Nodirbek Jamolov, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi mafkuraviy targ'ibot guruhi yetakchi mutaxassisi Alisher Hamroyev, Andijon davlat universiteti yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Abdukarim Akbarov, fuqorolik jamiyati nazariyasi kafedrasi katta o'qituvchisi Zohidjon Xaytmatov va talabalar ishtirok etdilar.
Targ’ibot guruhi a’zolari talaba yoshlarga so’ngi yillarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish hamda turli yod g’oyalarga aldanayotgan yoshlarimizni to’g’ri yo’lga qaytarish ularni ma’naviy ongi va dunyoqarashini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mazmun-mohiyatini tushuntirib, bu borada “Tengdosh tengdoshga ta’sir ko’rsatish” tamoyili asosida yoshlar targ’ibotini olib borish lozimligini tushuntirdilar.
Shundan so’ng, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar va kerakli javoblarni oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI