Andijon Davlat
Universiteti
DUNYODA BIRINCHI MARTA, VIRUSLI KASALLIKLARNI OLDINI OLUVCHI TABIIY BIOLOGIK FAOL OZIQ-OVQAT QO‘SHILMALARI IXTIRO QILINDI
2021-03-23    2239

O‘zbekiston “TABOBAT” Akademiyasi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, kimyo fanlari doktori, Andijon davlat universiteti professori I.R.Asqarov va O‘zbekiston Tabobat Akademiyasi haqiqiy a’zosi, kimyo fanlari doktori, Latviya Organik sintez instituti professori R.Nuriddinov, Kanadaning Toronto Universiteti professori F.Polyak, hamda Latviya Fanlar Akademiyasi prezidenti, akademik I.Kalvinshlar bilan hamkorlikda o‘simlik moddalari asosida dunyoda birinchi marta virusli kasalliklarni oldini oluvchi  “AC-CURCUMIN”, “ANTICOVIR”, “ANTIVIR 101”, “ACKAROVIR” va “NONI ANTIVIR” yangi biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ixtiro qildilar. Kuchli ta’sirga ega bo‘lgan mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rasmiy ro‘yxatga olindi, hamda ishlab chiqarish va amaliyotga jorish etishga tavsiya bildirildi.

Bugun, 23-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida respublika va xorijlik taniqli olimlar ishtirokida, tibbiyot va tabobat olamida olamshumul kashfiyot sifatida e’tirof etilayotgan, o‘zbek va chet ellik olimlarning hamkorligida ixtiro qilingan, virusli kasalliklarni oldini oluvchi yangi tabiiy, biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda, kun tartibi bo‘yicha mualliflar – O‘zbekiston “TABOBAT” Akademiyasi raisi, k.f.d., professor I.R.Asqarov va k.f.d., professor R.Nuriddinov mazkur yangi ixtiro qilingan oziq-ovqat qo‘shilmalari va ularning xususiyatlari bilan tanishtirdilar. Shuningdek, O‘zbekiston “TABOBAT” Akademiyasi akademigi, tib.f.d., professor N.S.Mamasoliev va boshqa taniqli olimlar so‘zga chiqib, mualliflarni dunyoda birinchi marta, hozirgi pandemiya sharoitida inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan, yangi tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalarini ixtiro qilganliklari bilan tabrikladilar, hamda mazkur ixtirolarni o‘zbek xalq tabobatini dunyoga tanitadigan kashfiyotlar sifatida faxr bilan e’tirof etdilar. 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.