Andijon Davlat
Universiteti
FILOLOGIYA FAKULTETIDA "QIZLAR OVOZI" KOORDINATORI TAYINLANDI
2021-03-12    2520

Bugun 12-mart kuni Respublika "Qizlar ovozi" klubining navbatdagi sayyor yig'ilishi Andijon davlat universitetida bo'lib o'tdi. Ushbu forumga Filologiya fakultetining lider qizlari mezbonlik qildi.

Tadbirda Andijon davlat universiteti xotin-qizlar kengashi raisi Umidaxon Axmedova, malakali psixolog Otabek Muxtarov, “Qizlar ovozi” klubining viloyat kengashi koordinatorlari va Filologiya fakulteti qizlari ishtirok etdi.

Tadbir qiziqarli savol-javoblar va munozaralarga ulanib ketdi. Ishtirokchilar o'zini qiziqtirgan savollarga xotin-qizlar kengashi raisi va psixologimiz tomonidan yetarli javoblarni olishdi.

“Qizlar ovozi” klubining Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti koordinatori etib Shoxista Yoqubboyeva tayinlandi va fakultetning faol qizlariga yo’nalishlar bo’yicha ishonch yorliqlari topshirildi.

Zulunova Moxlaroyim
Fizika-matematika fakulteti matbuot kotibi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.