Andijon Davlat
Universiteti
“INNOVATSION MENEJMENT” BO‘YICHA O‘QUV TRENING KURSLARI O‘TKAZILDI
2021-03-12    3739

Bugun 12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Inovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Andijon viloyati hokimligi va Andijon davlat universiteti hamkorligida xududlardagi Oliy ta’lim muassasalari hamda davlat boshqaruvi soxasida kadrlarning innovatsiya, fan va texnologiyalar soxasiga oid bilim va malakasini oshirishga bag‘ishlangan “Innovatsion menejment” o‘quv trening kursi o‘tkazildi.

Dastavval o‘quv trening ishtirokchilari uchun ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarma boshlig‘i Nurbek Haydarov, Andijon viloyati hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyat mudiri Elyorbek Holmirzayev, Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev hamda ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Andijon viloyati hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyat mudiri Elyorbek Holmirzayev kirish so‘zi bilan o‘quv treningini ochib berdi. Elyorbek Holmirzayev o‘z so‘zida innovatsion rivojlanish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan innovason loyihalar haqida aytib o‘tdi.

 

Shundan so‘ng, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Toshkent davlat universitetining tajribali mutahasisilari tomonidan “Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti va raqobat muhitini ta’minlashda innovatsion menejmentning zarurligi”, “Web of Science va Scopus xalqaro ilmiy platformalarda maqolalar chop etishning zamonaviy ususllari”, “Ilmiy-tadqiqotlarga davlat buyurtmasi, tanlov mavzulari va ilmiy loyihalar shakllantirish tartibi, muammo va yechimlari” mavzularida o‘quv trening kurslari olib borildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.