Andijon Davlat
Universiteti
12 NAFAR SPORTCHIMIZ KURASH BO‘YICHA “VAZIR KUBOGI” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBI BO‘LDI
2021-03-09    2157

Bugun, 9 mart kuni kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Milliy qadriyatlar oyligi” doirasida  Kurash sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi-2021”ning Andijon viloyati xududiy saralash bosqichi o‘tkazildi. Unda Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan 4 ta oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Musobaqa dasturi bo‘yicha o‘g‘il bolalar 7 ta (60,66,73,81,90,100,+100 kg) vazn toifasida ayollar esa 8 ta (48,52,57,63,70,78,87,+87kg) vazn toifalarida g‘oliblik uchun kurashdilar. Qizg‘in baxs va munozaralarga boy o‘tgan musobaqalarda umumjamoa hisobida Andijon davlat universitetining 12 nafar sportchi talabalari erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda 60 kg vazn bo‘yicha Usmonov Oybek, 73kg vazn bo‘yicha Qosimov Bilol, 81kg vazn bo‘yicha Ro‘ziev Xusniddin, 100kg vazn bo‘yicha Xodjaev Ahliddinxon, +100kg vazn bo‘yicha Toshtemirov Jamshid  ayollar o‘rtasida 52kg vazn bo‘yicha O‘.Kenjaboeva, 57kg vazn bo‘yicha O.Mashrabova, 63kg vazn bo‘yicha M.Mahmudova, 70kg vazn bo‘yicha M.Iminjonova, 78kg vazn bo‘yicha M.Abduraximova, 87kg vazn bo‘yicha M.Xusanova, +87kg Sh.Akbarovalar g‘oliblikka erishib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

 

Erishilgan g‘alaba bilan universitetimiz sportchilarini hamda ularning ustozlarini tabriklaymiz va respublika bosqichida omad va zafarlar tilaymiz!

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.