![](/rasmlar/news/2020/main_photo-2021-03-07_12-27-08-photo_2021-03-07_12-26-19.jpg)
Avval xabar berganimizdek, 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Andijon davlat universitetining barcha talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlar o’rtasida “Orasta qizlar” ko’rik-tanlovi o’tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning 5-mart kuni 2- va 3-sonli TTJlarda ham universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan “Orasta qizlar” tanlovining yakuniy bosqichlari o’tkazildi.
Qizlarning aql-zakovati, pazandalik mahorati hamda mohir qo’llari sinovdan o’tkazilgan ushbu tanlov talaba-qizlarda katta qiziqish uyg’otdi. Har bir shartga yuqori tayyorgarlik va e’tibor bilan yondashgan qizlarimiz tanlov davomida o’z orastaligini namoyish etib, tomoshabinlar va ustozlarini e’tirofiga sazovor bo’ldilar.
Tanlov g’oliblari universitet xotin-qizlar kengashi hamda xodimlar va talabalar kasaba uyishmasining deiplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uzTelefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
![asu_logotype](/s/files/images/logoadu.png)
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI