Andijon Davlat
Universiteti
AYOLLARGA EHTIROM KO’RSATILDI
2021-03-06    2609

Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.

Joriy yilning 5-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan universitetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun tantanali marosim tashkil etildi.

Zalga kirishda universitet yigitlarini qator bo’lib saf tortib, ayollarni o’zgacha hurmat bilan kutib olishlari marosim boshlanishidan avval yuzlarga tabassum ulashdi.

Ushbu marosimda Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev ishtirok etib, ayollarga bayram tabrigini yo‘lladi. Bayram tabrigida universitetimiz xotin-qizlarini viloyat hamda respublika miqyosida erishayotgan yutuqlari e’tirof etildi.

Prorektorlar va fakultet dekanlari ham so’zga chiqib ayollarni madx etuvchi sh’erlarni o’qib, gul bilan tabriklashlari ayollarni ko’ng’lini ko’tardi.

Universitet rektori 2020-2021 o’quv yili mobaynida yuqori natijalarga erishgan, turli respublika va xalqaro tanlovlarda go’lib bo’lgan bir guruh faol ayol professor-o’qituvchilarga o’zining tashakkurnomasi hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasining esdalik sovg’alarini topshirdi.

Shundan so’ng, tadbirning badiiy qismi boshlandi. San’atshunoslik fakulteti talabalari hamda universitetning “Nihol” ansamblining xonanda va sozandalari tomonidan ijro etilgan go’zal kuy-qo’shiqlar ayollarning betakror raqslariga ulanib ketdi.

 Universitet talaba yigitlari tomonidan ijro etilgan “Andijon polkasi” raqsi barchani kayfiyatini birdek ko’tardi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.