Andijon Davlat
Universiteti
XALQARO HAMKORLIK DASTURLARI KENGAYMOQDA
2021-02-27    2212

Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti va Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti bilan hamkorlikda 2019-2020 oʻquv yilida “Texnologik taʼlim” hamda 2019-2020 oʻquv yilida “Texnologik taʼlim” va “Turizm” yoʻnalishlarida qoʻshma taʼlim dasturlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 26-27 fevral kunlari Andijon davlat universitetiga qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha tayyorlanayotgan kadrlarning oʻquv jarayoni va oʻzlashtirish koʻrsatgichlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Polotsk davlat universitetining Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Golubev Yuriy Petrovich va Texnologik taʼlim kafedrasi mudirasi Dovgyalo Natalya Viktorovna tashrif buyurdilar.

Tashrifning birinchi kuni mehmonlar Tabiiy fanlar fakulteti Georgrafiya kafedrasi bilan tanishdilar. Shundan soʻng, Geografiya kafedrasi tasarrufidagi qoʻshma taʼlim dasturi asosida “Turizm” taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdilar va talabalarning qiziqtirgan savolariga atroflicha javob berdilar.

Tashrifning ikkinchi kuni mehmonlar Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev qabulida boʻldilar. Qabul doirasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlariga toʻxtalib oʻtildi. Jumladan, bakalavriatura bosqichida 2 ta yangi taʼlim yoʻnalishi (“Psixologiya” va “Yurisprudensiya”) boʻyicha 2+2 shaklda kadrlar tayyorlash haqida fikrlar almashdilar.

Shu kunni o'zida mehmonlar Pedagogika fakulteti Texnologik taʼlim yoʻnalishi 1- va 2-kurs talabalari bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida Polotsk davlat universiteti haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Qoʻshma taʼlim dasturi doirasida Texnologik taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabalarning 2021-2022 oʻquv yilida Polotsk davlat universitetida kutib olish, oʻqish jarayoni va yashash sharoitlari haqida toʻliq maʼlumotlar berildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.