Joriy yilning 18-fevral kuni Andijon davlat universitetiga talabalar va yosh ilmiy tadqiqotchilarga O‘zbekistondagi Amerika Kengashlari tomonidan ajratilgan ta’lim grant loyihalari hamda qisqa muddatli o‘quv kurslari hamda unda ishtirok etish talabalari haqida ma’lumotlar berish maqsadida O‘zbekistondagi Amerika Kengashlari vakillari menedjer Azamov Behzod, dastur assistanti Shakarova Gulrabo va kordinatori Kuchimova Azizalar tashrif buyurdilar.
Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Amerika Kengashlari vakillari taqdimotlarini namoyish etdilar. Mazkur tadbirda 72 nafar talaba hamda 6 nafar yosh ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Taqdimotdan so‘ng, talabalarni qiziqtirgan savollariga vakillar tomonidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
Andijon davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi bilan uchrashuv jarayonida kelgusida Amerika Kengashlari xalqaro aloqalarni va o‘zaro tushunishni akademik, kasb-hunar va madaniy almashinuv, tillarni egallash, ta’limni rivojlantirish va tadqiqotlarning mukammallash orqali mustahkamlash bo‘yicha suhbat olib borildi.
Hozirda Andijon davlat universiteti va AQShning Ogayo universiteti ishtirokida Amerika Kengashlari va AQSh elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan xalqaro loyihani takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI