Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti va Tomsk davlat universiteti bilan 2020-2021 oʻquv yilida “Biznes boshqarish”, “Biologiya” va “Arxivshunoslik” (bakalavr) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 2+2 qoʻshma dasturlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan edi. Bugun, 23-fevral kuni jahon standartlariga javob beradigan kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Andijon davlat universitetiga Tomsk davlat universitetining Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Sergey Mironovich Yung tashrif buyurdi.
Mehmonni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev hamda xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Farhodjon Alimovlar kutib oldilar.
Sergey Mironovich Yung va Akramjon Yuldashev hamkorlikda tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalarning oʻqish jarayoni hamda kelgusida Andijon davlat universiteti va Tomsk davlat universiteti bilan xamkorlikda “Fizika” va “Informatika” taʼlim yoʻnalishlar boʻyicha yangi qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha kelishib oldilar. Shuningdek, S.M. Yung Andijon davlat universitetidagi “Muqobil energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha zamonaviy tajriba-sinov ilmiy laboratoriyasiga tashrif buyurdi. Bu yerda ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi.
Shundan so’ng, akademik Sirojiddin Zaynobidinov bilan hamkorlik masalalari boʻyicha suhbatlashdi. Muzokaralar so’ngida, universitet rektori hamkorlikda yangi qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI