Andijon Davlat
Universiteti
“SUD VA YOSHLAR UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
2021-02-22    2761

Bugun, 22-fevral kuni Andijon davlat universitetning 2-sonli Talabalar turar joyida joylashgan ma’naviyat va marifat zalida yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda yangi qabul qilinayotgan qonun va qarorlar haqida ma’lumot berish maqsadida “Sud va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvda fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyati tumunlararo sudining raisi I.Azizov, Andijon viloyati sudi sudyasi Ch.Ismoilova Tarix fakulteti o‘qituvchilari M.Radjabova, M.G‘aniyeva, O. Abduraupov, B.Yunusova hamda fakultetning talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sudlar faoliyatiga oid yangi qonun va qonun osti hujjatlar mazmun-mohiyati haqida yoshlarga tushunchalar berildi.

Uchrashuv davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirokchilarga murojaat qildilar hamda o’zlari uchun kerakli ma’lumotlarni oldilar.

Uchrashuv yakunida faol ishtirok etgan talabalar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyati tumunlararo sudining raisi I.Azizov tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.