Andijon Davlat
Universiteti
YOSHLAR TASHABBUSI BILAN HAYRIYA AKSIYALARI O'TKAZILDI
2021-02-15    2177

Bugun, 15-fevral kuni Andijon davlat universiteti Chet tillar fakultetining talabalari yana bir savobli ishga qo'l urdi. Ular birgalikda "Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radialogiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali"ga tashrif buyurdilar.

Yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan tuzilgan "Sahovat kemasi" hayriya jamg'armasi ko'plab bolajonlarning quvonchiga sabab bo'ldi.

"Biz bugun bolajonlar qalbini zabt etib, ozgina ko'ngillari ko'tarilishiga sababchi bo'ldik. Bunday savobli tadbirlarni o'tkazishdan maqsad, yosh avlodning kamol topishida ozgina bo'lsa ham o'z hissamizni qo'shishdan iborat. Bunday tadbirimizning birinchi oyi, mahallalarda o'tkazilgan edi. Ikkinchi oyi esa, "Bolalar uyi"da tashkil etilgandi bu oy "Onkologiya markazi"da bo'ldik" - deydi chet tillari fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi Tursunboy Sultonov.

Ushbu hayriyaga o'z hissasini qo'shgan chet tillari fakulteti talabalariga o'z minnatdorchiligimizni ishor etamiz. 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.