
Andijon davlat universiteti va Mordoviya davlat universiteti o‘rtasida imzolangan shartnomaga asosan, Rus tili va adabiyoti yo‘nalishida ochilgan qo‘shma ta’lim dasturiga maktab o‘quvchilarini qiziqtirish maqsadida Andijon shaxrida joylashgan 2- va 30- rus tiliga ixtisoslashgan maktab o‘quvchilariga 2020 yilnning 14-18 dekabr kunlari “Qishki maktab” ("Зимная Школа") nomli onlayn darslar tashkil etilgan edi.
Unda Mordoviya davlat universitetining professor-o‘qituvchilari rus tili va adabiyotidan 20 nafardan ortiq maktab o‘quvchilariga qiziqarli darslar o‘tishdi. “Qishki maktab” ("Зимная Школа") nomli onlayn darslar yakunida insho va she’r o‘qish tanlovi tashkil etildi va unda quyidagi o‘quvchilar g‘olib boldilar.
Insho yozish bo‘yicha tanlovda:
1-o‘rinni 30-maktab o‘quvchisi Umirzakova Sumaya
2-o‘rinni 30-maktab o‘quvchisi Raximova Guloyim
3-o‘rinni 30-maktab o‘quvchisi Boltaboeva Inobatoy
She’r o‘qish bo‘yicha tanlovda:
1-o‘rinni 30-maktab o‘quvchisi Raximova Guloyim
2-o‘rinni 30-maktab o‘quvchisi Boltaboeva Inobatoy
3-o‘rinni 2-maktab o‘quvchisi To‘xtasinov Saidmurod
Ushbu darslarda ishtirok etgan barcha maktab o‘quvchilariga sertifikat va sovg‘alar taqdim etilishi Mordoviya davlat universiteti vakillari tomonidan ma’lum qilingan edi.
Shu maqsadda bugun 16 fevral kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev tanlov g‘oliblarini va ishtirokchilarini sertifikat va turli xil sovg‘alar bilan taqdirladilar.
Kelgusida xorijiy xamkorlar bilan bunday loyixalarni muntazam o‘tkazib borish rejalashtirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI