Andijon Davlat
Universiteti
PREZIDENT MASLAHATCHISI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA
2021-02-16    5592

Bugun, 16-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sultanov Xayritdin Madriddinovich va Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shukurov O‘tkir Ilxamovich Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet rektori Akramjon Yuldashev kutib oldi. Dastavval tashrif  universitetimizda tashkil etilgan "Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi"ga bo'ldi va mehmonlar muzey eksponatlari bilan tanishdi.

Ushbu muzey haqida tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsutdinov to‘liq ma'lumot berdi. Universitetdagi ushbu muzey yoshlarni vatanparvar etib tarbiyalash, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishda muhim maskan hisoblanadi. 

Yoshlarni o‘z Vatanining tarixini anglashga, milliy g‘ururni shakllantirishga, ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan bu kabi muzeylarning borligi  kelajak avlod uchun  ham Vatanimiz tarixini o'sha davr eksponatlari orqali anglashga asos bo'ladi va uzoq yillar ona yurtimizning hasratli va shonli o‘tmishini o‘rganishda xalqimizga xizmat qiladi. Mehmonlarning universitetimizga bo'lgan tashrifi davom etmoqda.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.