Andijon davlat universitetining kichik anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv jarayoniga joriy etilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘zlashtirishini baholash to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq, Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetida o‘quv mashg‘ulotlarida turli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan talabalarga darslarni qayta o‘zlashtirishlariga ruxsat berilib, ushbu talabalar qayta sinovdan o‘tkazildi. Ushbu talabalarning qoldirilgan darslarni qayta o‘zlashtirish jarayonlarini ushbu o‘quv dargohi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Azamat Shodmonovich Mamatyusupov boshchiligidagi ishchi guruh nazorat qilayotir. Ishchi guruh tarkibida qator kafedralar mudirlari, yurist-konsultant va boshqalar mavjud bo‘lib, ular jarayonning xolis va shaffofligini ta’minlamoqdalar.
Ushbu qayta o‘zlashtirish jarayoni yoshlarning kelgusida tengdoshlaridan ortda qolmasliklarini va o‘z navbatida kelgusi darslarga mas’uliyat bilan yondoshishlariga zamin yaratadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI