Andijon Davlat
Universiteti
MAKTABGACHA TA'LIM FAKULTETIDA "MANGU BARHAYOT SIYMOLAR" SHIORI OSTIDA TADBIR O'TKAZILDI
2021-02-15    2771

2021-yil 15-fevral kuni Andijon davlat universiteti maktabgacha taʼlim fakultetida 103-guruh talabari ishtirokida ikki buyuk siymo Hazrat Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlab, shuningdek, 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida “Mangu barhayot siymolar” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir  oʻtkazildi.

Tadbirda fakultet dekani Z.E.Azimova, o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.Hasanov, yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.Abdukadirov, “Ishonch” kredit-savdo markazi tashkilotchilari, “Zukko bolajon” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, Andijon shahar 1-son kasb-hunar taʼlimi maktabi oʻquvchilari,  maktabgacha taʼlim fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda fakkultet talabalari faol ishtirok etishdi.

Tadbirni fakultet dekani Ziyodaxon Azimova ochib berdi, talabalar ikki buyuk siymo qalamiga mansub g'azal va ruboiylarini ifodali o'qib berdilar.

Zahiriddin Muhammad Bobur hayotini aks ettiruvchi sahna ko'rinishlari va talaba qizlarni tayyorlagan raqslari tadbirga yanada ko'tarinkilik ulashdi. Tadbir so'ngida, bir guruh faol talaba-yoshlar fakultet dekani hamda hamkor tashkilotlar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.