Andijon Davlat
Universiteti
XUSH KELIBSAN, YANGI YIL!
2017-12-31    11167

Mamlakatimizda bolalar kelajagimiz vorislari, millatimiz davomchilari sifatida e’zozlanadi. Hademay tarix sahifasiga muhrlanadigan 2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ertangi kunimiz egalarini har tomonlama kamolga yetkazish va o‘z Vataniga sodiq farzand bo‘lib yetishishi borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan yosh avlodni turli yot g‘oyalar, mafkuraviy tahdidlardan ishonchli himoyalash, ularning bilim va ma’naviyatini yanada boyitishga qaratilgan ko‘plab ma’rifiy loyihalar, amaliy chora-tadbirlar hayotga keng tatbiq etilmoqda. Ayniqsa, ular orasida bolajonlarimizning sevimli - Yangi yil bayrami tadbirlari axoli o‘rtasida bayramona kayfiyat ulashish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va barkamol inson bo‘lib yetishishlarida o‘zgacha ruh baxshida etadi.

Yangi – 2018 yil arafasida ham mamlakatimizning barcha hududlarida uyushtirilayotgan “Prezident archasi” tantanalarida orziqqan yuraklarni shodliklarga to‘ldirmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri Andijon davlat universiteti tomonidan 2017 yil 15-31 dekabr kunlari Andijon shaxridagi 7-son mahalla fuqarolar yig‘ini xududidagi ko‘rkam archa atrofida tashkil qilinib, mazkur bayram tantanalari bolajonlarga “Prezident sovg‘asi”ning ulashilishi borasidagi ishlarning yorqin ifodasini namoyon etmoqda.

 Jumladan, 31 dekabr kuni universitetning Chet tillar fakulteti Ingliz tili fonetikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan xam bayram tantanalari tadbirlari tashkil qilingan bo‘lib, unda 7-son MFY xududida yashovchi axoliga bayram kayfiyatini ulashish, ularda ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustaxkamlash va mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy tadbirlar negizida yoshlarimizni barkamol inson bo‘lib yetishishlari  va xech kimdan kam bo‘lmasliklarini amalda isbotlanishiga xarakat qilindi. Xususan, bayram avvalida Ingliz tili fonetikasi kafedrasi mudiri, dots. Sobirjon Solijonov bayram tadbiri qatnashchilarini, ayniqsa bolajonlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutlab, fursatdan foydalangan xolda, o‘tib borayotgan 2017 yilda mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi va jamiyat farovon turmush-tarzini belgilovchi keng ko‘lamdagi ishlarning samarali natijalari yuzasidan qisqacha so‘zlab berdi.

Shundan so‘ng kafedra professor-o‘qituvchilari va faol talabalari tomonidan tayyorlangan “Xush kelibsan, Yangi yil!” deb nomlangan badiiy dastur namoyish qilindi. Bayramona o‘yinchoq va chiroqlar bilan bezatilgan archa atrofida bir-biridan bejirim liboslar bilan kiyingan ertak qahramonlari bayramga oshiqqan bolajonlar va mehmonlarga xushnudlik ulashgan bo‘lsa, quvnoq davraga tashrif buyurgan Qorbobo va Qorqiz bolajonlar ishtirokida turli hil qiziqarli o‘yinlar tashkil qilishiga zamin yaratdi.

Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar, ertak qahramonlarining hazil-mutoyibalari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan bo‘lib, viktorina g‘oliblari, yosh bolajonlar va bayram tadbir qatnashchilari Andijon davlat universiteti rektorining 100 dan ortiq maxsus bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bayram tadbiridan so‘ng Yangi yil arafasida MFY xududidagi nogiron bolalar holidan xabar olinib, ularga Qorbobo ishtirokida prezident sovg‘alari tarqatildi.

– “Prezident archasi” bayram tantanalarida ham xalqimizning ana shunday insonparvarlik, mehr-oqibatlilik kabi ezgu fazilatlari yana bir bor namoyon bo‘ladi. Andijon davlat universiteti tomonidan tashkil qilingan Yangi yil bayram tadbiri bolalarga albatta quvonch, bir umrga unutilmas xotiralar tuhfa etadi, – deydi Andijon shaxridagi 7-son MFY raisi Diloromxon Matisaeva.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.