Andijon Davlat
Universiteti
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA FUTBOL BO’YICHA “DEKAN KUBOGI - 2021” MUSOBAQALARI YAKUNLANDI
2021-01-29    2312

 Ayni kunlarda universitetimizning barcha fakultetlari qatori Fizika-matematika fakultetida ham Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbusi doirasida futbol sport turi bo’yicha “Dekan kubogi - 2021” musobaqalari o’tkazildi.

Ushbu futbol musobaqalarida dastlab fakultetdagi barcha yo’nalishlari kurslari o’rtasida saralash baxslari o’tkazildi. O’yinlar shiddatli va qizg’in kurashlarga boy o’tdi. Saralash baxslarida barchadan ustun kelgan Fizika yo’nalishi 19F1, 18FE va Matematika yo’nalishi 19M3 hamda 19M9 yo’nalishi talabalaridan tuzilgan jamoalar yarim final o’yinlarida ishtirok etdilar. Finalda 18FE va 19M3 guruh talabalari o'ynadi. G'olib jamoalar pinaltilar seriyasida 3:2 hisobida 19M3 jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Musobaqalar yakuniga yetgach fakultet dekani Xotamjon Mansurov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o’rinbosari Ulug‘bek Valiyev, professor-o’qituvchilar, Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining fakultet yetakchisi va musobaqa qatnashchilari ishtirokida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda fakultet dekan barcha ishtirokchilarni qizg’in o’yinlar uchun rahmat aytib, g’olib jamoani tabrikladi. Taqdirlash marosimi yakunida g’olib jamoalarga faxriy yorliq, badiiy kitoblar va Kubog taqdim etildi.

Moxlaroy Zulunova
Fizika-matematika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.