Andijon Davlat
Universiteti
HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!
2021-01-28    3169

Bugun, 28-yanvar kuni Andijon davlat universiteti kichik majlislar zalida yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish maqsadida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik M.S. Nishanov, universitet profilaktika inspektori M.Xasanov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.SH.Hamraqulov, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari va 40 dan ortiq talabalar ishtirok etdilar.

Davra suhbatini Andijon davlat universiteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Hamraqulov kirish so‘zi bilan ochib, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida o’tkazilayotgan ushbu davra suhbati mazmunini ishtirokchilarga tushuntirdi va so’z navbatini Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik M.S. Nishanovga berdi.

Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik M.S. Nishanov o‘z so‘zida, bugungi kunda respublikamizda jumladan, Andijon viloyatida qotillik va ogʻir tan jarohati yetkazish kabi jinoiy holatlarning salmogʻi oshib borayotgani, xususan, 157 ta shunday jinoyatlarning 59 tasi tigʻli predmetlar yordamida sodir etilganligi, bu borada viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Ayrim yoshlar, jinoyatchilikning oqibatlari yaxshilikka olib kelmasligini bilib turib ham huquqbuzarliklarga qo‘shilib qolayotganligi, eng achinarlisi talaba yoshlar orasida turli tadbirlarda alkogol ichimliklarni iste’mol qilib, o‘rtoqlari bilan janjallashish va tan jarohati yetkazish holatlari uchrab turganligi, O‘zbekistonning ertangi kunining ishonchi va egalari bo‘lgan yoshlarimizning bunday jinoyatlarga qo‘l urayotganligi achinarli holat ekanligi, jinoyatchilikka qarshi barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib kurashishimiz zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, talabalar o‘rtasida huquqiy ong, huquqiy madaniyat, uning zaruriyati, huquqiy demokratik jamiyat sari borayotganligimiz, har birimiz hushyor va ogoh bo‘lishimiz lozimligi, loqaydlik barcha illatlarning sababchisi ekanligi haqida qatnashchilarga tushuncha berdi. Notiq o‘zi so‘zi davomida, bugungi kunda viloyatda yuz bergan ayrim huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha misollar keltirdi.
Ushbu yunalishda viloyat IIB xodimlari tomonidan 2020-yilning 12 oyida fuqarolardan 1478 ta (ularning 1245 tasi, 84 foizi pichoq) sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan predmetlar olingan. Shundan 27 tasi taʼlim muassasalarida aniqlanganligi va shu kabi statistik ma'lumotlar berildi.
Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik M.S. Nishanov so‘zini yakunlar ekan mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarga qaramasdan, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari kuzatilib turilayotganligi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning ko‘payib borayotganligi tashvishlanarli holat ekanligi, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari atrofimizdagi voqealarning asl mohiyatini xalqimizga, ayniqsa, yoshlarimizga to‘g‘ri tushuntirish ishlarini olib borishda alohida rol o‘ynashlari, yoshlar orasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.