Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY IQTISODIYOT FAKULTETIDA YOSHLAR OYLIGI BOSHLANDI
2021-01-25    3037

Yoshlar ma’naviyati yuksaltirish, ularni iqtidor va istedodlarini ro’yobga chiqarish, bo’sh vaqtlarini ma’zmunli tashkil etish maqsadida Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakultetitda 20-yanvardan 20-fevralgacha “Yangi O‘zbekistonni – ma’naviyatli yoshlar bilan birga quramiz” shiori ostida yoshlar oyligi deb belgilandi.

Ushbu yoshlar oyligi doirasida fakultet talabalari o’rtasida turli intellektual tanlovlar, sport musobaqalari o’tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabati bilan 22-yanvar kuni fakultet kutibxonasida talaba qizlar o’rtasida “Dekan kubogi” uchun shaxmat va shashka bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Unda 30 dan ortiq talaba qizlar ishtirok etdi. Fakultet xotin-qizlar kengashi raisi Shoxsanam Usmonova boshchiligida o’tgan ushbu baxslarda shaxmat bo’yicha g’olib amaliy psixologiya yo’nalishi talabasi Madina Mamajonova bo’ldi. 2-o’rinni Tojiddinova Laylo egallagan bo’lsa, 3-o’rin Gulshanoy Muhammadhoshimovaga nasib etdi. Shashka bo’yicha ham baxslar qiziqarli bo’ldi, Inson resurslarini boshqarish yo’nalishi talabasi Muxlinso Ro’ziboyeva barcha raqiblarini yengib musobaqa chempioniga aylandi. Soliha Mamasodiqova hamda Mehrinoz Abdulhamidovalar 2-3 o’rinlarni egalladi.

Shundan so’ng, fakultet professor-o’qituvchilari o’rtasida ham shaxmat va shashka musobaqasi o’tkazildi. Shaxmat bo’yicha ayollar o’rtasida o’tgan baxslarda  Iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi Rustamova Sayyora go’lib bo’ldi, Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi Mo’minova Xijrona esa 2-o’rinni egalladi. Shaxmat bo’yicha erkaklar o’rtasida ham qiziqarli baxslar bo’ldi. Kafedrasi o’qituvchisi Qudrat Yunusov birinchilikni hechkimga bermadi. Shashka bo’yicha ayollar o’rtasida o’tgan baxslarda Falsafa kafedrasi o’qituvchisi Sevara Yusupovani qo’li baland kelgan bo’lsa, erkaklar orasida Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi Quvataliyev Mirzamahmud 1-o’rinni egalladi.  Go’lib va sovrindorlar shu kunni o’zida fakultet dekani T.T.Madumarov tomonidan taqdirlandi.    

23-yanvar kuni esa, sportning mini futbol turi bo‘yicha Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetining 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Dekan kubogi” musobaqalari o‘tgazildi. Unda 1-kurs talaba yigitlaridan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi. Ushbu futbol musobaqasini fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sarvarbek Ismoilov ochib berdi. Musobaqa doirasidagi o‘yinlarga Jismoniy madaniyat fakulteti katta o‘qituvchisi Abduholiq Holiqov hakamlik qildi hamda jamolarni o‘yin qoidalari asosida o‘ynashlarini ta’minlab berdi. Har bir baxs murosasizligi bilan ajralib turdi. Eng yaxshi o’yin ko’rsatgan jamoalar yarim finalga chiqdi birinchi yarim finalda turizmni rivojlantirish  yo’nalishi hamda mehmonxona boshqaruvi yo’nalishi jamoalari bellashdi va 0-2 hisobida g’alaba qozongan  Turizmni rivojlantirish yo’nalishi jamoasi final yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Ikkinchi yarim finalda milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ya’limi yo’nalishi jamoasiga qarshi Amaliy psixologiya jamoasi final yo’llanmasi uchun o’zaro baxs olib bordi. Ushbu baxsda 8-0 hisobida amaliy psixologiya jamoasining qo’li baland keldi. Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi jamoasi esa mehmonxona boshqaruvi jamoasi bilan 3-o’rin uchun bellashdi. Yakunda milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabalari 3-o’rinni egalladi.

Qizg’in va keskin kurashlarga boy o’tgan final baxsida amaliy psixologiya jamoasi 6-5 hisobida turizm rivojlantirish yo’nalishi talabalaridan ustun keldi va asosiy sovringa ega chiqdi. Shu kuni fakeltet dekani T.T.Madumarov barcha sovrindorlarni tabriklab, diplom va estalik sovg’alarini topshirdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.