Andijon Davlat
Universiteti
YUSUF ABSOATOV: TA'LIM VA SPORT, BIR QUSHNING IKKI QANOTI
2021-01-22    2628

Bugungi kunda yoshlarni sportga jalb etish, ularni iqtidorlarini namoyish etishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga alohida alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Universiada" sport musobaqalari yosh iste'dodlarni aniqlashda o‘ziga xos o‘ringa ega. Joriy yilning 20-22 yanvar kunlari Andijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyidagi sport zalida sportning belbog'li kurash turi bo'yicha "Universiada" sport musobaqalarining final bosqichi bo'lib o'tdi.


 

Unda mamlakatimizning 14 ta hududidan kuchli mahoratga ega bo'lgan sportchilardan iborat jamoalar ishtirok etdi. G‘oliblar 7 ta vazn toifasida olimpiya o‘yinlari qonun qoidalariga asoslangan holda aniqlandi. Musobaqalarda xalqaro toifadagi sport ustalari Jamoliddin Bozorov, Azamjon Shokirjonov, Ismatjon Bozorboevlar bosh hakamlik qildilar.

Birinchi kuni vazn o‘lchash marosimlari, ikkinchi kuni esa chorak va yarim final baxslari o‘tkazildi. Final baxslari so‘nggi kuni o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bellashuvlar yakuniga ko'ra, umumjamoa hisobida Toshkent viloyati vakillari 5 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritib 1- o'rinni egalladi. Farg'ona viloyati jamoasi esa 1 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medallari bilan 2- o'rinni qo'lga kiritdi. 3-o'rin esa 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medallarni qo‘lga kiritgan Namangan viloyati jamoasiga nasib etdi.

 

Musobaqaning eng og‘ir 90 kg vazn toifasi bo‘yicha esa 1-o'ringa Asadbek Xatamov ega chiqdi, 2-o'rin Dostonbek Usmonaliyevga, 3-o'rin esa Eset Saduakasov hamda 3-o‘rin Muhammadjahongir Jo'rayevlar qo'lga kiritdi.

Andijon viloyati jamoasi tarkibida ishtirok etgan Andijon davlat universiteti talabalari Qutbiddin Asqarov kumush, Temurbek Xosilbekov hamda Muhammadjahongir Jo'rayevlar 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdilar va universitetimiz sha'nini munosib himoya qildilar.

Taqdirlash marosimida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari Yusuf Absoatov, Andijon viloyat hokimligi ijtimoiy kotibiyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev, vazirlik huzuridagi ma'naviyat va ma'rifat markazi direktori Mirzohid Botirov, Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev hamda xalqaro toifadagi sport ustalaro ishtirok etdilar. G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.