Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABASI MDH DAVLATLARI O'RTASIDAGI "YOSH OLIM - 2020" XALQARO TANLOVIDA G'OLIB BO'LDI
2020-12-12    1740

Qozogʻistonning Nursulton shahrida MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yosh olim - 2020” xalqaro tanlovida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi, Andijon davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakulteti musiqiy taʼlim kafedrasi 1-bosqich talabasi Xasanboy Qosimov faxrli 1-oʻrinni egalladi va 1-darajali diplom hamda Oltin medal bilan taqdirlandi.

Xasanboyni erishgan yutugʻi bilan tabriklaymiz. Yutuqlar va muvaffaqiyatlar bardavom boʻlsin.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining oliy taʼlim muassasalari talabalarini qoʻllab-quvvatlash, ilm-fan, texnika rivojlanishiga hissa qoʻshayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib ragʻbatlantirish hisoblanadi.

Loyiha doirasida MDH mamlakatlari oliy taʼlim muassasalarining qobiliyatli, xalqaro olimpiada va tanlovlarning gʻoliblari boʻlgan talabalarning yutuqlarini aks ettiruvchi “Xalqaro iqtidorli yoshlar ensiklopediyasi” nashrdan chiqdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.